Barcha postlar
Next.js loyihasini Cloudflare Pages'ga joylash
Frontend30 Sentabr 20265 daq o'qish

Next.js loyihasini Cloudflare Pages'ga joylash

Next.js loyihasini Cloudflare Pages'ga qanday joylaganim va deploy paytida uchragan muammolarni qanday hal qilganim.

Cloudflare Pages — bepul hosting Next.js loyihalari uchun eng yaxshi variantlardan biri. Static sayt + serverless funksiyalar + D1 database — barchasi bir joyda.

Nega Cloudflare Pages? Bir necha sabab: bepul rejada 500 deploy/oy va 100 GB trafik yetarli. Global edge caching. D1 va R2 — serverless database va file storage. Bularning barchasi bir billing account ostida.

1-qadam: Next.js'ni static export qilish next.config.mjs faylida output: "export" qo'ying. Bu barcha sahifalarni HTML fayllariga aylantiradi. npm run build ishga tushiring — out/ papkasi hosil bo'ladi.

2-qadam: Cloudflare Pages yaratish Cloudflare Dashboard → Workers & Pages → Create application → Pages → GitHub repo ulang. Build command: npm run build, output: out, Node 22 environment variable qo'shing.

3-qadam: Functions qo'shish functions/api/ papkasida TypeScript fayllar yarating — masalan, functions/api/contact.ts. Bu endpointlar avtomatik serverless funksiyalarga aylanadi.

4-qadam: D1 database wrangler d1 execute orqali SQL ishlatingiz. Keyin env.DB bilan Functions ichida foydalaning.

Natijada: arzon, tez, scalable stack.

Teglar:Next.jsCloudflareDeployStatic Export
Rakhimjonov · raximjonov.uz
Barcha postlar